Futboldan haydalgan hujumchi rosa talash bo‘lyapti
O‘tgan mavsumda “Brentford” futbolchisi Ayven Touni qimorga pul tikkani uchun sakkiz oyga futboldan chetlatilgan edi.
27 yoshli futbolchining diskvalifikatsiyasi kelsi yil yanvarda tugaydi. Hozirdan bir necha klub uni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
“Brentford” bosh murabbiyi Tomas Frank ham Touni futbolga qaytganidan keyin boshqa jamoaga o‘tib ketish ehtimoli katta ekanini ta’kidladi.
Ayven Touni yaqinda mashg‘ulotlarga qaytdi. U sport formasini tiklab olish va ushlab turishga urinyapti.
Touni o‘tgan mavsumda 20 ta gol urganini inobatga olgan “Arsenal”, “Chelsi”, “Tottenxem” singari klublar uni transfer qilmoqchi.
Tounining “Brentford” bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyunigacha tuzilgan. Klub xaridorlardan o‘yinchi uchun kamida 60 million funt talab qilishi aytilmoqda.
Fikrlar