
Futzal. "Olmaliq" klubi "Federatsiya Kubogi" g‘olibiga aylandi
Kecha, 26 noyabr kuni Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida futzal bo‘yicha “Federatsiya Kubogi” musobaqasining final bahsi bo‘lib o‘tdi.
Unda “Ardus” va “Olmaliq” klublari o‘zaro bahs olib borishdi. Yakunda “Olmaliq” vakillari 6:2 hisobida zafar quchib, Kubok sohibiga aylandi.
"Federatsiya Kubogi". Final
26 noyabr, yakshanba
“Ardus” – “Olmaliq”
2:6
G‘oliblarga Kubokni O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti Shoakrom Isroilov topshirdi.
Fikrlar