"G‘alaba golimiz ham chiroyli, ham muhim bo‘ldi" - nihoyat, Kolosovskiy uddaladi

  • 22 sentabr, 2024, 19:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nihoyat, "Metallurg" klubi Superliganing 19-turiga kelib chempionatdagi dastlabki g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Ammo bu g‘alaba "Paxtakor"ga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritilishini hech kim kutmagan bo‘lsa kerak. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida "Metallurg" bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy shunday dedi:

Tecno

"Albatta “Paxtakor”ga qarshi o‘yinlar oson o‘tmaydi. Birinchi bo‘lim gol o‘tkazib yubordik va bu bizga qator qiyinchiliklarni olib keldi. Ikkinchi bo‘limda faollikni oshirdik.

Bilasizmi, biz bu o‘yinga murabbiylar shtabi, rahbariyat bilan juda puxta hozirlik ko‘rgandik. Ishlab chiqqan rejalarimiz ish berganidan xursandmiz. O‘yinni nazorat qilishga intildik. G‘alaba golimiz ham chiroyli, ham muhim bo‘ldi. Qiyin o‘yin, raqibdan kelib chiqsak, bu avvaldan ma’lum edi. G‘alaba bizga navbatdagi o‘yinlar oldidan qo‘shimcha ishtiyoq taqdim etsa, ajab emas".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!