"Galatasaroy" darvozaboni o‘yin payti ayanchli jarohat oldi (video)
"Galatasaroy" klubi darvozaboni Fernando Muslera Turkiya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan "Rizespor"ga qarshi bahsida jiddiy jarohat oldi.
Urugvaylik posbon ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida chexiyalik hujumchi Milan Shkoda bilan to‘qnashib ketdi. Natijada Muslerani zudlik bilan kasalxonaga olib ketishdi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, uning oyog‘i 2 ta joyidan sinib ketgan.

Fikrlar