"Galatasaroy" va "Roma" o‘zaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Undan tushgan pul zilziladan jabr ko‘rganlarga xayriya qilinadi

  • 9 fevral, 2023, 16:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning "Galatasaroy" va Italiyaning "Roma" klublari o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bu haqda turk jamoasi o‘zining rasmiy sayti orqali xabar berdi.

Uchrashuvdan tushgan mablag‘ning barchasi Turkiyada zilziladan jabr ko‘rganlarga xayriya sifatida tarqatiladi. Hozircha bu o‘yinning aniq sanasi va qaerda bo‘lib o‘tishi e’lon qilinmadi. 

Ma’lumot o‘rnida, Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 mingdan oshdi. Jabrlanganlar 63 mingdan ziyod ekani qayd etilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!