
G‘alati bola ekan! Osimxenning transferi barbod bo‘ldi
Mavsumni Turkiya chempionatida “Galatasaroy” safida o‘tkazgan “Napoli” hujumchisi Viktor Osimxen ayni paytda o‘ziga yangi klub qidirmoqda.
Nigeriyalik to‘purar Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi bilan kelishuvga erishgani va har mavsum uchun 35 million evro maosh olishi haqida axborot tarqatilgan edi.
Taniqli jurnalist Sasha Tvolerining ma’lum qilishicha, shayxlar bu transferdan voz kechishga qaror qilgan.
Manbaga ko‘ra, bunga Osimxenning beqarorligi sabab bo‘lgan. Arablarga afrikalik futbolchining avvaliga moliyaviy shartlarga ko‘nib, keyin yanada ko‘proq mablag‘ undirishga harakat qilayotgani yoqmadi.
“Al-Hilol” endi e’tiborini boshqa mashhur o‘yinchilarga qaratadigan bo‘ldi. “Napoli”ga ham kerak bo‘lmay qolgan Osimxen esa, o‘ziga boshqa jamoa qidirishda davom etadi.
Fikrlar