
Galiulin to‘p suradigan klub murabbiysiz qoldi
Hamyurtimiz Vagiz Galiulin faoliyat olib boradigan Rossiyaning “Tosno” klubi bosh murabbiyi Vladimir Parfenov jamoadagi uch yillik mehnatidan so‘ng klubni tark etadigan bo‘ldi.
43 yoshli mutaxassis endilikda Ekaterinburgning “Ural” klubini boshqaradi.
Qayd etish joiz, Parfenov “Tosno” boshqaruviga 2015 yilda kelgan edi va jamoani Premer-ligaga olib chiqqan va bu mavsum Rossiya kubogini qo‘lga kiritilishida katta hissa qo‘shgan edi.
Fikrlar