Galiulinning jamoasi Rossiya kubogi chorak finaliga chiqdi
Kecha Rossiyada mamlakat kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Vagiz Galiulin faoliyat olib boradigan “Tosno” jamoasi 1/8 finalda “Tom” klubiga qarshi bahs olib bordi.
Ushbu o‘yinning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida hisob ochilmagach, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlashga to‘g‘ri keldi.
“Futbol lotoreyasi”da esa “Tosno” 6:5 hisobida g‘alaba qozondi va chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Hamyurtimiz uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 85-daqiqada zaxiraga olindi.
Tosno – Tom 0:0 (0:0, 0:0, 0:0, 0:0)
Penaltilar seriyasi: 6:5
Tosno – Oparin, Chernov, Shaxov, Suxarev, Dugalich, Mirzov, Galiulin (Nunu Rosha, 85), Kazaev, Palienko (Truyich, 68), Karnitskiy, Markov.
Tom – Melixov, Pulich, Ivanov, Mikutskis, Girdvaynis, Deobald (Bolshunov, 65), Pomerko, Makurin (Gvineyskiy, 90), Zuykov, Kudryashov, Sanaya (Sobolev, 80).
Ogohlantirishlar: Dugalich (41), Zuykov (42), Makurin (55), Sanaya (78).



Fikrlar