Gandbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Chempionlar ligasi qizg‘in pallada
Gandbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida Chempionlar ligasining asosiy bosqich 2-turida Rossiyaning “Rostov-Don” va Sloveniyaning “Krim” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 29:22 hisobida yakunlandi.
Daniyada “Midtyulland” o‘z uyida Ruminiya sharafini himoya qilayotgan “Buxarest”ga qarshi bahslashdi. Unda mezbonlar kutilmaganda raqiblariga 26:31 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shuningdek, “Dor” (Vengriya) va “Nyukebing” (Daniya) klublari o‘rtasidagi bellashuvda Vengriya jamoasi 32:23 hisobida zafar quchdi.

Fikrlar