
Garbin Mugurusa yarim final ostonasida qoqildi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida xotin-qizlar o‘rtasida o‘tayotgan "Dubai Duty Free Championships" turnirida yarim final bahslari o‘tkazilmoqda.
Unda ispaniyalik tennischi Garbin Mugurusa va amerikalik Jennifer Bredi o‘zaro raqobatlashdi. Uch set davom etgan o‘yinda Garbin 7:6, 3:6, 4:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Shu tariqa, nufuzli musobaqaning yarim finaliga chiqqan Bredi, endi ruminiyalik Simona Xalep bilan kuch sinashadiga.
Fikrlar