
"Garov o‘ynayman, Lukaku Ronaldudan ko‘p gol uradi!"
"Tottenxem" klubi sobiq futbolchisi Darren Bent joriy mavsum Premer-ligadasi to‘purarlar poygasi haqida fikr bildirdi:
"Agar "Chelsi"ning o‘yin uslubiga e’tibor bersangiz, ular faqat Lukakuga to‘p uzatishini ko‘rishingiz mumkin. Menimcha, bu mavsum gollarning aksariyatini Romelu uradi.
Barchamiz Ronalduning qay darajadagi futbolchi ekanligini bilamiz. Lekin "Yunayted"ning hujumlarini yakunlash uchun Grinvud, Fernandesh, Reshford hamda Kavani kabi hujumchilar ham bor. Lukaku esa, "Chelsi"da asosiy to‘purar. Romelu klub uchun etishmayotgan bo‘g‘in edi.
Nazariy jihatdan, Ronaldu har bir uchrashuvni asosiy tarkibda boshlamasligi mumkinligini ayta olamiz. Romeluga qarang! "Chelsi" uni o‘ynatish uchun sotib oldi. Garov o‘ynayman, Lukaku Ronaldudan ko‘p gol uradi",-dedi Bent.
Fikrlar