Gattuzo Messini qanday qilib to‘xtatish mumkinligini aytdi

  • 02.08.2020 18:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Napoli” klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo UEFA Chempionlar ligasining 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan “Barselona”ga qarshi o‘yindan oldin raqib jamoa etakchisi Lionel Messini qanday qilib to‘xtatish mumkinligi haqida gapirib o‘tdi.

“Men Messini faqatgina tushlarimda yoki o‘g‘limning PlayStation’ida “Napoli”ga qarshi “Barselona”ni tanlab to‘xtatishim mumkin”, - deydi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” – “Napoli” bahsi 8 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Ularning Neapoldagi uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!