
Gavidan 6-raqam olib qo‘yiladi
"Barselona" futbolchisi Gavi yana 30-raqamda o‘ynashda davom etadi. Klubning u bo‘yicha bildirilgan shikoyati qabul qilinmagan.
Endi yarim himoyachi maoshlari kamaytirilmaguniga qadar 6-raqam ostida harakat qila olmaydi. Bu haqda Ispaniyaning bir qator nashrlari xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Gavi hozirda asosiy tarkibda maydonga tushsa ham La Ligada yoshlar jamoasi vakili sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Fikrlar