Genri Sexudo: "MMA ning dunyo bo‘yicha rivojlanishiga bir narsa to‘siq bo‘lishi mumkin"

  • 4 mart, 13:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Amerikalik UFC jangchisi Genri Sexudo aralash yakkakurashlar rivojiga jahondagi asosiy tahdidni aytdi.

Tecno

“Bu sport turi yildan yilga ommalashib boryapti. Biroq holis fikr bildirsam, ko‘zga zarbalarning berilishi aralash yakkakurashlar rivojida eng katta to‘siq bo‘lishi mumkin, deb o‘ylayman” — deb yozdi Sexudo ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, "UFC Fight Night 252" turnirida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Genri xitoylik Song Yadong tomonidan ko‘ziga berilgan zarbadan keyin uchinchi raundda to‘xtab qoldi. Hakamlar esa texnik qaror bilan (29-28, 29-28, 30-27) g‘alabani Yadongga berishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!