Gimnastika afsonasi Oksana Chusovitina o‘zining 9-olimpiadasida ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi

CHERY AUTO

Ertadan Toshkent shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha ayollar o‘rtasida Osiyo chempionati start oladi. Unda vakilarimiz Oksana Chusovitina, Dildora Aripova, Lobar Amrillaeva va Aleksandra Shevchenko ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Ushbu musobaqa "Parij-2024" Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma berishi bilan ahamiyatli. Musobaqada quyidagi 14 ta davlat: Xitoy, Gonkong, Hindiston, Indoneziya, Qozog‘iston, Koreya, Malayziya, Filippin, Shimoliy Koreya, Singapur, Shri-Lanka, Taypey, Vetnam, O‘zbekistondan 50 nafar gimnastlar qatnashadi.

Tecno

Afsuski, gimnastika afsonasi ushbu litsenzion turnirda ishtirok eta olmaydi. Sabab shundaki, u kechagi mashg‘ulot jarayonida jarohat olgan. Osiyo chempionati Parijga yo‘llanma beruvchi oxirgi turnir hisoblanadi. 48 yoshli Oksana Chusovitina Olimpiadada ishtirok etish bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan yagona sportchi. U Olimpiada o‘yinlarida bir martadan oltin va kumush medal sohibasi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!