Godin yangi mavsumni "Inter"da boshlaydi

  • 12 aprel, 2019, 08:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Diego Godin faoliyatini "Inter"da davom ettiradi.

Tecno

ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra mavsum yakunlangach shartnomasi yakunlanadigan 33 yoshli urugvaylik futbolchi “neradzurrilar” safiga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tadi. Ma’lumotlarga qaraganda u “Inter” bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.

Eslatib o‘tamiz, Diego Godin “Atletiko” safida 2010 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum “matraschilar” tarkibida jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!