
Gol urgan legionerimiz: Biz o‘ylagandek bo‘lmadi!
O‘zbekiston va Belarusdagi faoliyatidan keyin Qozog‘iston premer-ligasida to‘p tepayotgan Shahboz Umarov uchun yangi mavsum juda muvaffaqiyatli boshlandi.
Hujumkor futbolchimiz “Ordabasi”da asosiy futbolchilardan biriga aylangan. Shahboz ketma-ket ikki uchrashuvda raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. “Jetisu”ga qarshi bahsda Umarov jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilib, g‘alabani mustahkamladi.
Uchrashuvdan keyin Shahboz Umarov klub matbuot xizmati vakillari savoliga javob qaytardi.
- Shahboz, g‘alaba bilan tabriklaymiz. O‘yin qanday bo‘ldi?
- Tabrik uchun rahmat. Bellashuv avvalida o‘yinga kirishib olish ancha og‘ir bo‘ldi. Start biz kutganimizdek bo‘lmadi. Baribir o‘zimizning gollarimizni kirita oldik.
- Ketma-ket ikkita bahsda gol urding. Hissiyotlar qanday?
- Albatta, har bir o‘yinchi jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shishni va har bir uchrashuvda to‘p kiritishni istaydi.
Men ham har bir uchrashuvga ana shu maqsadda tushaman. Jamoadoshlarimga rahmat, ular maydonda juda katta hajmdagi ishlarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, muxlislarning ajoyib muhit yarata olayotganini ham e’tirof etgan holda, bizlarni qo‘llab-quvvatlab turishganiga minnatdorlik bildiraman.
Darhaqiqat, “Ordabasi” joriy mavsumda o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan. Ana shu rejani amalga oshirish uchun chempionat boshlanishidan oldin tarkibini sezilarli darajada kuchaytirdi.
Hujum chizig‘iga Bobur Abduxoliqovni olib keldi. Bobur o‘tgan mavsumda Belarus chempionatining qahramoni bo‘lgandi.
Shuningdek, shimkentliklar Shahboz Umarovning transferini BATEdan sotib oldi. Aslida Shahboz o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida “Ordabasi”da o‘tkazgan edi. O‘tgan yil boshida hujumkor futbolchimiz BATE bosh murabbiyi bilan kelisha olmay qolgani uchun o‘yinlarga qo‘yilmadi.Yozda klub uni Qozog‘istonga ijaraga jo‘natdi.
Har holda Shahboz muvaffaqiyatsiz boshlangan mavsumni Qozog‘iston kubogini qo‘lga kiritish bilan yakunlandi. Eng asosiysi esa, shimkentliklarning ishonchini qozonib, o‘ziga muqim ish topdi.
Endi Bobur Aduxoliqov bilan birga Shahboz Umarov “Ordabasi”ni Premer-liga chempioniga aylantirishga urinmoqda.
Darhaqiqat, “Jetisu”ga qarshi o‘tgan bahsda Bobur Abduxoliqov ham gol urib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Shahboz Umarov Goal.kz sayti talqini bo‘yicha 3-tur ramziy terma jamoasidan joy oldi.
“Ordabasi” chempionat doirasida navbatdagi uchrashuvni safarda o‘tkazadi. Shimkentliklar 1 aprel kuni “Astana” jamoasi mehmoni bo‘ladi.
Legionerimiz: Ikki golim uch ochko keltirdi!
Hammasini ikki o‘zbek legioneri mahorati hal qildi! Buni raqib ham tan oldi!
Legionerlarimiz Premer-ligani “yorvordi”!
Shomurodov bor va O‘zbekiston yangi chempionatda yuqori o‘rin uchun kurashadi!
Shomurodovga Dibala qachon joyini bo‘shatib beradi?
Shomurodov nega “Lill”, “Everton”, “Valyadolid” va “Bayer” taklifini qabul qilmadi?
Fikrlar