
Gollarga boy o‘tgan bahsda “Chelsi“ keyingi bosqich masalasini hal qildi
Angliya kubogi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan “Luton Taun“ - “Chelsi“ uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.
“Aristokratlar“ safida Saul, Verner va Lukaku gollarga mualliflik qildi. Mezbonlarning 2 goli Berk va Kornik nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, “Chelsi“ mazkur qiyin g‘alabadan so‘ng chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. “Luton Taun“ klubi musobaqa bilan xayrlashishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Fikrlar