Gollarga boy o'tgan nazorat uchrashuvi o'z nihoyasiga yetdi

  • 22.05.2026 21:16
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionatiga kuzatuv marosimida Fabio Kannavaro boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoamiz ikkiga bo‘lingan holda, o‘zaro kuch sinashishdi. Uchrashuv esa O‘zbekiston "A" jamoasining 4:3 hisobidagi g‘alabasi bilan o‘z nihoyasiga yetdi

Dastlab, to‘qnashuvning birinchi bo‘limini O‘zbekiston "A" jamoasi 3:0 hisobida g‘alaba qozondi, gollarga Farrux Sayfiev, Azizbek Amonov va Akmal Mozgovoy mualliflik qildi.

O‘zbekiston "B" jamoasi esa Quvondiq Ro‘ziev, Doston Hamdamov va Nodirbek Abdurazzoqovning gollari evaziga ikkinchi bo‘limda kambek amalga oshirib, oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Biroq, Husayn Norchaev o‘yinning so‘nggi daqiqalarida O‘zbekiston "A" jamoasining g‘alabasiga mualliflik qildi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!