
Gollarga boy o‘tgan uchrashuvda "Bunyodkor" "Metallurg"dan ustun keldi
O‘zbekiston Kubogi 1-turi doirasidagi "Metallurg" - "Bunyodkor" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 2:4 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvda mezbonlarning gollari Farrux Ibrohimov va Damir Temirov nomiga yozib qo‘yildi. Mezbonlarning 4 goliga Usmonali Ismonaliev (dubl), Fransis Narx va Dilshod Jo‘raev mualliflik qildi.
Shu tariqa, "Bunyodkor" ilk turda 3 ochko ishlab oldi. Bekobodning "Metallurg" jamoasi dastlabki turda mag‘lubiyatga uchradi.
Fikrlar