
Golovkin va Derevyanchenko jangi statistikasi e’lon qilindi
Compubox tizimi Gennadiy Golovkin va Sergey Derevyanchenko o‘rtasidagi IBF va IBO yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta vazn toifasida jahon chempionligi uchun bo‘lib o‘tgan janglardagi zarbalar statistikasini e’lon qildi.
Unga ko‘ra Golovkin jang mobaynida jami 720 ta zarba yo‘llagan. Derevyanchenko esa 738 marotaba bu ishni uddalagan. Ammo, Golovkinda aniq zarbalar ko‘proq bo‘lgan. Derevyanchenkoning 230 ta Golovkinning 243 ta zarbasi mo‘ljalga etib borgan.
Golovkinning 406 ta “jeb” zarbasidan 107 tasi aniq, Derevyanchenkoda esa 266 ta zarba ularning 47 tasi aniq ko‘rinish olgan.
Ammo Sergey kuchli yo‘llangan zarbalar soni bo‘yicha Gennadiyni ortda qoldirdi. Derevyanchenkoning mana shunday 472 zarbasidan 183 tasi aniq bo‘lgan bo‘lsa, Golovkinda esa bu ko‘rsatkich 314 – 136 ko‘rinish olgan.
Agar raundlardagi aniqlik statistikasini e’tibor qaratsak, 6 raund Golovkin ustunlik qilgan bo‘lsa, 5 raund Derevyanchenko etakchilik qiladi. Bir raundda natijalar bir xil ko‘rinish olgan.
Fikrlar