Grand klub "Siti"dan zo'r o'yinchini olib ketmoqchi

  • 21.06.2026 08:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning «Yuventus» jamoasi yozgi transfer bozorida hujum chizig‘ini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda va bu borada Angliya premyer-ligasiga nazar qaratdi. La Stampa nashrining yozishicha, «byankoneri» 27 yoshli «Manchester Siti» forvardi Umar Marmush xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, italyalik klub rahbariyati hozircha «Manchester Siti» tomonidan futbolchini ijaraga qo‘yish ehtimolini o‘rganmoqda.

Shuningdek, Misr terma jamoasi hujumchisining nomzodi «Yuventus» bosh murabbiyi Luciano Spalletti tomonidan yuqori baholanaotgani ta’kidlanmoqda.

2025/2026 yildgi mavsumda Marmush «shaharliklar» safida barcha musobaqalar doirasida 36 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli pas muallifiga aylandi. 

«Yuventus» Umar Marmush bilan bir qatorda Randal Kolo Muani va Aleksandr Sörlotni ham ehtimoliy yangi hujumchi sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!