
Grandlar nishonidagi yulduz jamoada qolishi mumkin
Yarim himoyachi Deklan Rays yangi mavsumda ham "Vest Xem"da qolishi mumkin. Avvalroq, futbolchining xizmatlariga “Chelsi” qiziqishi bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, jurnalist Nizar Kinsellaning ma’lumotlariga ko‘ra, "aristokratlar" futbolchini ortga qaytarishga shoshilmayapti. “Ko‘klar” futbolchini 2023 yilning yozida sotib olishni mo‘ljallamoqda.
"Vest Xem" yarim himoyachining transferi uchun 160 million evro so‘ramoqda. Angliyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilda tugaydi, shuning uchun "bolg‘achilar" uni bir yildan keyin tekinga yo‘qotmaslik uchun keyingi yozda uni arzonroqqa sotishga majbur bo‘lishi mumkin.
Raysga "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" ham qiziqish bildirmoqda. Deklanning o‘zi esa “Stemford Brij”ga qaytishni xohlamoqda.
Ma’lumot o‘rnida, futbolchi “Chelsi” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Fikrlar