Grigoriy Kolosovskiy: "Yana ikki ochko yo‘qotdik"

  • 16 avgust, 2024, 01:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada 16-tur start oldi. "Metallurg" jamoasi bu tur "Neftchi"ga qarshi bahs olib bordi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida nima deyishim mumkin? Biz yana ikki ochkoni yo‘qotdik. Juda og‘ir ahvoldamiz. Vaholanki, gol kiritish uchun imkoniyatlarimiz bo‘ldi. 0:0 ni yomon natija deb bo‘lmaydi, ammo bizning xolatimizda emas. Biz uchun har bir bahs finalga teng. Farg‘ona klubi bir kun ko‘proq dam olgani ham sezildi. Ular engilroq harakat qilishdi. Yigitlar kurashishdi. 

- Jamoa natijalaridan qanoatlandingizmi?

- Bir uchrashuvda engilib, ikkinchisida g‘alaba qozongan ikkita durangdan yaxshiroq. O‘yin sifati yaxshilandi, ammo omad kelmayapti. 

- Futbolchilar nega darvozaga zarba bermayapti?

- Asad ikki marta yaxshi vaziyatdan zarba yo‘lladi. Hamma zarba ham golga aylanmaydi. Buni istasak ham imkoni yo‘q. Yigitlar g‘alabani xohlagan edi. Afsus, uddalay olmadik.

- "Dinamo" bilan keyingi bellashuvdan nima kutyapsiz?

- Quvnoq jamoa. Ularga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. Bir kun dam olib, mashg‘ulotlarga kirishamiz. Navbatma-navbat maqsad sari yuramiz. To‘xtab qolmaslik kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!