Grizmann Argentinaga qarshi o‘yin oldidan Messi haqida gapirdi

  • 16.12.2022 15:08
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Frantsiya milliy terma jamoasi etakchisi Antuan Grizmann Jahon chempionati finali oldidan sobiq jamoadoshi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

"Final qiyin bo‘lishini o‘zingiz ham bilasiz: Leo, argentinalik muxlislar bilan to‘lgan stadion. Lekin bunday uchrashuvlar uchun yaxshi jamoa hamda murabbiyimiz bor. Bizga ishonishingiz mumkin, biz tayyormiz.

Bizni ajoyib bellashuv kutmoqda, Argentina qiyin raqib, ular kuchli o‘yin ko‘rsatyapti. Leo yarim finalda fantastik o‘yin namoyish etdi. Biz uning xotirjam ekanligini his qilib turibmiz",-dedi 

Argentina - Frantsiya jamoalari o‘rtasidagi mundial finali Toshkent vaqti bilan 18 dekabr kuni soat 20:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!