
Grizmann "Atletiko"ning omadsizliklarida Simeoneni ayblamoqda
"Atletiko" Madrid klubi forvardi Antuan Grizmann jamoa bosh murabbiyi Diego Simeonening tarkib tanlashdagi ba’zi qarorlaridan norozi bo‘lmoqda
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli frantsuzga argentinalik mutaxassisning Tomas Partey va Anxel Korrea kabi futbolchilarni asosiy tarkibda maydonga tushirayotgani yoqmayapti. Grizmanning fikricha “matraschilar”ning La Liga startidagi omadsizliklariga ham aynan mana shu holat sabab bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Atletiko” chempionatning o‘tgan 3ta turida bor yo‘g‘i 4 ochko jamg‘arishga erishdi va ayni damda musobaqa jadvalida 11-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar