Grizmann ilgari hech qachon bunday qila olmagan

  • 01.06.2023 16:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmann uchun joriy mavsum faoliyatidagi eng sermahsuli bo‘ldi.

Ispaniya chempionatining yakuni turi oldidan tajribali hujumchi hisobida 15 ta gol va 14 ta assist bor.

“Atletiko” forvardi ilgari gol+pas tizimida ko‘pi bilan 28 ochko (19 ta gol va 9 ta assist) jamg‘argan edi. Bu gal shaxsiy rekordini yangiladi.

Antuan Grizmann chempionatning so‘nggi turida bu natijasini yanada yaxshilashi mumkin. 4 iyun kuni madridliklar oxirgi uchraguvni “Vilyarreal”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Jasur Xolikov
02/06/2023 08:10
Sinlardi sudga beraman asosiz dalil fakt uchun....
Jasur Xolikov
02/06/2023 08:09
Qachon qila olmagan ?????
Nimaga fakt bn gapirmaysan.ilgari nimani qachon qila olmagan