
Grizmann: Simeone meni dunyodagi eng zo‘r futbolchilardan biriga aylantirdi
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann “Marsel”ga qarshi (3:0) kechgan Evropa Ligasi final bellashuvidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Simeone bilan sovringa ega chiqishni orzu qilgandim. U menga ko‘p narsa o‘rgatdi va dunyodagi eng zo‘r futbolchilardan biriga aylantirdi. Shu yo‘sinda o‘ynashda davom etishimga umid qilib qolaman.
Klubga bo‘lgan munosabatim har bir o‘yin, har bir mavsumda ortib bormoqda. “Atletiko”da to‘rt mavsum o‘tkazdim va jamoadoshlarimga bog‘lanib qoganman. Shuning uchun ham bor kuchimni berib o‘ynayman”, – dedi frantsiyalik futbolchi.
Qayd etish joiz, frantsiyalik 27 yoshli futbolchi Evropa Ligasi finalida dubl muallifi bo‘ldi va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ma’lumot uchun, “Atletiko” Evropa Ligasi tarixida uch karra g‘olibga aylandi.
Fikrlar