Gruziya 99-daqiqada gol o‘tkazib, o‘z uyida mag‘lub bo‘ldi

  • 26.09.2026 00:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Gruziya terma jamoasi futbol bo‘yicha Shimoliy Irlandiya terma jamoasiga qarshi 2026/2027 yildgi UEFA Millatlar ligasining B2 guruhidagi ilk tur uchrashuvini o‘tkazdi.

Bellashuv Tbilisidagi Boris Paychadze nomidagi stadionda bo‘lib o‘tdi va mehmonlar foydasiga 1:0 hisobida yakunlandi. 

Birinchi bo‘limda gol urilmadi. Ikkinchi taym o‘rtalarida, 65-daqiqada, mezbonlar hisobni ochish imkoniyatiga ega bo‘lishdi, ammo Gruziya terma jamoasi sardori Xvicha Kvaratsxeliya penaltdan aniq o‘q uzolmadi. «Pari Sen-Jermen» yarimhimoyachisining zarbasini darvozabon Pirs Charlz qaytardi. 

Uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtda, ya’ni 90+9-daqiqada himoyachi Shi Charlz gol urdi va Shimoliy Irlandiyaga g‘alaba keltirdi.

Gruziya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 28 sentabr kuni o‘z maydonida Ukraina milliy jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Shu kuni Shimoliy Irlandiya terma jamoasi esa o‘z uyida Vengriya jamoasini qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!