
“Gubernator kubogi”da Bahodir Jalolov mezbon bokschiga qarshi jang qildi
Sankt-Peterburgda davom etayotgan “Gubernator kubogi” turnirining +91 kg vazn toifasidagi yarim final janglarida Bahodir Jalolov ham ringga ko‘tarildi.
U rossiyalik Andrey Stotskiy bilan final yo‘llanmasi uchun jang qildi.
Kutilganidek, ushbu jangda yaqqol favorit bo‘lgan hamyurtimiz raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
U turnir g‘olibligi uchun hal qiluvchi to‘qnashuvda rossiyalik Ivan Veryasovga qarshi ringga ko‘tariladi.
Mazkur jangda ham hamyurtimizga omad tilab qolamiz!
Fikrlar