
Guler "Real" safida qachon debyut qilishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti, o‘tgan yozda jamoaga kelib qo‘shilgan, ammo jarohati tufayli "qirollik klubi"da birorta ham o‘yin o‘tkazmagan 18 yoshli hujumkor yarim himoyachi Arda Guler qachon debyut qilishi mumkinligini aytdi.
Italiyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, turkiyalik futbolchi ertaga, 6 yanvar kuni Ispaniya kubogining 1/16 final bosqich doirasida "Arandina"ga qarshi bo‘ladigan bahsda ishtirok etishi mumkin.
"Arda Guler o‘zini yaxshi his qilmoqda, u mashg‘ulotlarda yaxshi ishlayapti. U ertangi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin", - deya Anchelottining so‘zlaridan iqtibos keltirgan jurnalist Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Fikrlar