Gulistonda viloyat Paralimpiya terma jamoasiga nomzodlar saralandi

  • 9 yanvar, 2021, 20:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO
Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Aholi, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ular orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sogʻlom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, imkoniyati cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida sport tadbirlari doimiy o‘tkazib kelinmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Sirdaryo viloyati hokimligi, viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, viloyat Mudofaa boshqarmasi hamda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasining Sirdaryo viloyati bo‘linmasi tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Guliston shahrida joylashgan 4-TIP sport majmuasida ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda nogironligi mavjud bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida sportning mini-futbol, dzyudo, shashka, pnevmatik quroldan o‘q otish turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari tashkil etildi. Tadbirga nogironligi mavjud jami 150 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro jalb etildi.
Mazkur musobaqalarning ahamiyatli jihati, sport turlari bo‘yicha viloyat Paralimpiya terma jamoasi tarkibiga yangi nomlar kashf etildi. Sport musobaqalarining yopilish marosimi bayramona tarzda tashkil etilib, g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib tarzda rag‘batlantirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!