
Guruhimizdagi ikkinchi o‘yinda Janubiy Koreya oxirgi daqiqada g‘alabani qo‘lga kiritdi
Hozirgina U-23 Osiyo chempionati 1-turidan o‘rin olgan Janubiy Koreya - Xitoy uchrashuvi yakunlandi. Guruhimizdagi ikkinchi o‘yinda g‘olib nomi oxirgi daqiqada aniqlandi.
Janubiy Koreya hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada to‘p kiritib, muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq O‘zbekiston OTJ ham Eron bilan durang qayd etgandi - 1:1.
Fikrlar