
Gvardiola 1 million evroga sotilgan shogirdini 50 karra qimmatiga qaytaradi
“Manchester Siti” mavsum yakunlanishi bilan transfer bozorida yana faollik ko‘rsatadi. Klub xo‘jayinlari tarkibni jiddiy tarzda isloh qilishga alohida e’tibor qaratmoqdi.
Xosep Gvardiola 2023 yili bir million evro evaziga “Mildsbro”ga sotib yuborilgan Morgan Rojersni ortga qaytarmoqchi. 22 yoshli futbolchi Manchesterni tark etganidan yarim yil o‘tib “Aston Villa”ga ko‘chib o‘tdi. “Midlsbro” uning transferidan yarim yilda sakkiz million evrodan ko‘proq foyda qildi.
Rojersning “Aston Villa”da ishlari yurishib ketdi. Joriy mavsumda universal hujumkor futbolchi barcha musbaqalarda 45 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 14 bor ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 11 ta golli pas uzatdi.
Dribling ustasi, jamoaga yuqori moslashuvchanligi va turli nuqtalardan hujum uyushtira olish qobiliyati Hosep Gvardiolaning nazaridan chetda qolgani yo‘q.
Endi “shaharliklar” bir million evroga qo‘yib yuborilgan o‘yinchini ortga qaytarish uchun kamida 50 million evro xarajat qilishi talab etiladi.
Fikrlar