
Gvardiola Aguero o‘rniga uch yulduzdan birini oladi
Serxio Agueroning ketishini inobatga olgan Xosep Gvardiola uning o‘rniga superhujumchi olishni maqsad qilgan.
“Manchester Siti” bosh murabbiyi yozgi transferlar vaqtida olib kelinadigan futbolchilar ro‘yxatiga “Inter” vakillari – Romelu Lukaku, Lautaro Martines va “Borussiya” hujumchisi Erling Xolandni ham kiritdi.
Transfer narxi 100 million evro atrofida baholanayotgan bu futbolchilar orasida Martinesni qo‘lga kiritish nisbatan osonroq. Romelu Lukaku yaqinda Angliyaga qaytish niyati yo‘qligini ta’kidlagan bo‘lsa, Lautaro Milandan ketmoqchi bo‘lib yuribdi.
Erling Xoland esa ko‘plab grandlar nishonida. Xususan, “Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovich yozda norvegiyalik hujumchini olish uchun pulni ayamasligi haqida xabarlar tarqatilmoqda.
Fikrlar