
Gvardiola ajoyib transferga ruxsat berdi
“Manchester Siti” rahbariyati tarkibni kuchaytirish maqsadida “Brayton” yarim himoyachisi Iv Bussumani oladigan bo‘ldi. Bu futbolchiga anchadan beri “Arsenal”, “Liverpul” va “Tottenxem” xaridor bo‘layotgan edi.
“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ham 24 yoshli futbolchini transfer qilishga qarshi emasligini bildirib, bunga ruxsat berdi.
24 yoshli yarim himoyachining narxi 30 million funtga baholanmoqda.
Iv Bissuma “Manchester Siti”dan ketishi kutilayotgan Fernandinoga munosib o‘rinbosar bo‘lishi aytilmoqda. Agar Fernandino yangi shartnomani qabul qiladigan bo‘lsa g‘am, “Siti” xo‘jayinlar Bissuma transferidan voz kechmaydi.
Fikrlar