Gvardiola alamli seriya sabablarini ochib tashladi

  • 22 dekabr, 2024, 15:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” chuqur inqirozni boshdan o‘tkazmoqda. Angliyaning amaldagi chempionlari oxirgi 12 ta uchrashuvdan to‘qqiztasida mag‘lubiyatga uchradi.

Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola murakkab vaziyatni chiqish yo‘lini qidiryapti.

Ispaniyalik mutaxassis jamoaning mag‘lubiyatlar to‘riga ilinib qolgani bir necha omillarga bog‘liq ekanini ta’kidladi.

- Natija qachon bo‘ladi? Bu tez orada yuz berishi mumkin, balki undan bo‘lmas. Hammasi o‘zimizga bog‘liq.

Bu vaziyatning echimi – jarohatdagi o‘yinchilarning safga qaytishi. Bir nafar sog‘lom markaziy himoyachi bilan o‘ynash juda qiyin.

Oldimizdagi har bir o‘yin yangi imkoniyat. Albatta, hammasiga faqat jarohatlarni sabab qilish to‘g‘ri emas. Masalan, biz ko‘n gol o‘tkazyapmiz yoki avval gol urib yurgan vaziyatlarimizdan endi foydala olmayapmiz. Futboldagi inqirozni bitta sababga bog‘lab bo‘lmaydi. Juda ko‘p mayda omillar ham bor, - dedi Xosep Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!