
Gvardiola: APLda g‘alaba qozonish tobora qiyinlashib bormoqda
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasi yangi mavsumda ham APL chempionligi uchun asosiy favorit ekanligi haqida o‘z fikrini aytdi.
Ta’kidlash kerakki, “shaharliklar” ketma-ket to‘rt mavsumdan buyon Angliya Premer-ligasi chempionligini hech kimga bermay kelmoqda.
“Bizni favorit deb atashlarini qabul qilishimiz kerak. Ettitadan olti marta, ketma-ket to‘rt marta g‘olib bo‘lganingizdan so‘ng bunday gap-so‘zlar mutlaqo normal holat. Men ushbu holatda nima qilish kerakligini bilaman. Biz birin-ketin g‘alaba qozonishimiz, ochkolarni qo‘lga kiritishimiz kerak, ammo tobora bunga erishish qiyinlashib bormoqda”, - dedi ispaniyalik mutaxassis City Xtra nashriga bergan intervyusida.
“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining yangi 2024/25 yilgi mavsum birinchi turini safarda “Chelsi”ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.
Fikrlar