
Gvardiola: "Bu transfer "Siti" tarixidagi eng zo‘rlaridan biri"
"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola yozgi transferlar oynasida Italiyaning "Milan" klubidan "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tgan Tijani Reyndersning o‘yinidan juda mamnun. U buni ingliz klubi tarixidagi eng yaxshi xaridlardan biri deb atadi.
"Milan"da va terma jamoada u benuqson o‘yin ko‘rsatar edi. Bizga bu futbolchi juda kerakligini tushundik. Menimcha, bu transfer "Manchester Siti" tarixidagi eng yaxshi xaridlardan biri",- dedi ispaniyalik mutaxassis.
APL 1-turidan o‘rin olgan "Vulverxempton"-"Manchester Siti" bahsida "shaharliklar" yirik 4:0 hisobida zafar quchishdi. Reynders esa, debyut o‘yinida bitta gol urib, golli uzatma ham amalga oshirdi.
Fikrlar