
Gvardiola el-klasikolarni sog‘inganini tan oldi
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘zining El-Klasikolardagi ishtirokini yodga oldi.
“Bu uchrashuvlarni biroz sog‘indim. Har yili ushbu o‘yinlar asr voqeasiga aylanadi. Atrofda hammayoq muzlab qolgandek tuyiladi. Angliyada esa hammasi boshqacha”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Gvardiola 1990-2001 yillarda “Barselona” safida to‘p surgan. 2008-2012 yillarda esa ushbu jamoani boshqargan.
Fikrlar