Gvardiola "erkatoy" o‘yinchisini qo‘yib yuboradimi?

  • 19 avgust, 16:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining badavlat klublaridan hisoblangan “Nottingem Forest” manchesterliklardan Jeyms MakEytini olganidan keyin endi Riko Lyuisga ko‘z tika boshladi.

Tecno

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 20 yoshli futbolchining kelajagi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

O‘ylashimcha, Riko Lyuis jamoada qoladi. Har holda o‘zi menga shunday dedi. Balki erta yo indin hammasi o‘zgarib ketar. To‘g‘risini aytsam, men Riko Lyuis, Fil Fodkn va Niko O'Rayliga o‘zgacha bog‘lanib qolganman. Ular 16-17 yoshidan bizga Premer-ligada g‘olib chiqishimizga yordam bergan.

Hozirning o‘zida Riko Lyuis jamoada biz bilan qolishini aytishim mumkin, lekin ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi, - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Riko Lyuis “Manchester Siti”ning asosiy tarkibida jami 95 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga o‘nta golli pas uzatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!