Gvardiola: “Flikning o‘yini maqtovga loyiq”
Pep Gvardiola "Barselona"ning "Siti" bilan o‘rtoqlik uchrashuvidagi o‘yinini yuqori baholadi.
"Blaugrana" yangi bosh murabbiy Xans-Diter Flik qo‘l ostida ilk uchrashuvini o‘tkazdi va penaltilar seriyasida 4:1 (asosiy vaqtda 2:2) hisobida g‘alaba qozondi.
“Menga ular juda yoqdi. Mavsum uzoq davom etadi, lekin ularning o‘yini maqtovga loyiq.
Ajoyib pozitsion o‘yin, vingerlar qanotda qanday o‘ynashi kerak bo‘lgandek o‘ynashdi, yarim himoyachilar oldinga siljishdi, qanot himoyachilari bo‘shliqlarga hujum qilishdi", - dedi "Manchester Siti" bosh murabbiyi.
Eslatib o‘tamiz, 4 avgust kuni “Manchester Siti” “Chelsi”ga qarshi maydonga tushsa, “Barselona” “Real Madrid” bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.

Fikrlar