Gvardiola: Hozir shu ishni qilsam, o‘zimni kechira olmayman!

  • 15 dekabr, 2024, 16:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining muvaffaqiyatsizlik to‘ridan chiqa olmayotganiga qaramay, klubdan ketish niyati yo‘qligini ochiq aytdi.

- Agar “Manchester Siti”ni hozirgi holatda tashlab ketadigan bo‘lsam, keyin o‘zimni kechira olmayman!

Bu vaziyatda ketishimni o‘ylasam, uyqum qochib ketyapti. Buning imkoni yo‘q. Agar shunday o‘ynashda davom etsak, meni bo‘shatib yuborishlari hech gap emas.

O‘zim esa, ixtiyorim bilan ketmayman. Bunday qilishimning iloji yo‘q, - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Xosep Gvardiola “shaharliklar”ga 2016 yildan beri ustozlik qiladi. Klubning eng muvaffaqiyatli davri aynan ispan mutaxassisi ishlagan davrga to‘g‘ri keladi. Biroq joriy mavsumda “Manchester Siti” jarohatlarning ko‘pligi tufayli o‘z darajasini namoyish qila olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sunnatjon Hamdamov
15/12/2024 18:00
Gvardiola uziga keladi
2ta transfer qilish kerak markazga