
Gvardiola ishongan shogirdi yangi kelishuv tuzganini inkor etdi
Kevin De Bryuynening “Manchester Siti” bilan yangi shartnoma imzolagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Belgiyalik futbolchining o‘zi buni inkor qildi.
- Men bu klubda baxtiyorman, lekin hali hech kim bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaraga qilganim yo‘q. Odamlar bunaqa ma’lumotlarni qaerdan olganini bilmayman. Agar klubdagilar men bilan gaplashishni istasa, muhokamaga tayyorman. Agar unday bo‘lmasa, vaziyatga qarab ish qilaman, - dedi Kevin de Bryuyne.
Kevinning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi. “Manchester Siti” Evropa Chempionlar ligasidan chetlatilgan vaqtda Kevin de Bryuynening klubni tark etishi haqida ham xabarlar tarqatilgan edi.
Fikrlar