
Gvardiola katta transferga qo‘l urmoqda. Zo‘r to‘purar keladi!
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujum chizig‘ini kuchaytiradigan futbolchiga ehtiyoj sezmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, “shaharliklar” yozda “Tottenxem” yulduzi Harri Keynni transfer qilishga tayyorgarlik ko‘ryapti.
Keynning o‘zi “Tottenxem” chempionlik uchun da’vogarlik qila olmayotganidan norozi bo‘lmoqda. Joriy mavsumda Joze Mourino shogirdlari birinchi o‘ringacha ko‘tarildi, biroq keyinchalik etakchi jamoalar bilan raqobatlasha olmay qoldi.
Mashhur to‘purar faoliyatini chempionliksiz o‘tishini qabul qila olmayapti va klub rahbariyatidan o‘zini qo‘yib yuborishni so‘ramoqda. “Tottenxem” prezidenti Daniel Levi esa uni osonlikcha qo‘yib yubormaydi. Rahbariyat Keynni oladigan klub 150 million funt miqdorida badal puli to‘lashi kerakligini aytmoqda.
Harri Keyn joriy mavsumda premer-liganing 26 ta bellashuvida 16 ta gol urdi va 13 ta golli pas uzatdi.
Fikrlar