
Gvardiola: "Kecha Mahrez umuman boshqa darajada edi"
Xosep Gvardiola "Chelsi" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Riyod Mahrezni maqtadi. Xabaringiz bor, kecha "Manchester Siti" Angliya kubogi doirasida "Chelsi"ni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etdi va unda Mahrez dublga erishdi.
"Shogirdlarim o‘yinida bosqichma-bosqich o‘sish kuzatilyapti, ayniqsa, Mahrezda buni yaqqol ko‘rish mumkin. U hozir eng yaxshi holatda emas, lekin, albatta, yaxshilanib boradi. Ehtimol, u yozda ayrim muammolarga duch kelgandir.
Riyod bizga "Chelsi"ga qarshi o‘yinda katta yordam berdi. Uning futbolni sevishi juda muhim, ayni dam intensiv sur’atda mashq qilmoqda. Kecha Mahrez umuman boshqa darajada edi", - deydi Gvardiola.
Fikrlar