Gvardiola mag‘lubiyat sababini aytdi

  • 16 avgust, 2021, 09:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti” birinchi turda “Tottenxem”ga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Tecno

Mutaxassislar bu mag‘lubiyatga juda ko‘p omillar sabab bo‘lganini ta’kidlamoqda. Xususan, “Siti” futbolchilari o‘yinni o‘z nazoratiga ololmadi, ko‘p xato qildi, raqibning erkin harakat qilishiga yo‘l qo‘yib berdi.

Xosep Gvardiola buni asosiy tarkibning ko‘p futbolchilari Evropa chempionatidan keyin klub ixtiyoriga kech etib kelgani va mavsumga etarlicha tayyorgarlik ko‘rmagani, ayrim futbolchilar konoravirusga chalingani bilan izohlamoqda.

- O‘yinchilarimiz tiklanyapti. Haftadan haftaga biz kuchayib boramiz, - dedi Xosep Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!