Gvardiola Mourinodan uzr so‘rashni talab qilmoqda

  • 15 iyul, 2020, 14:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” Sport arbitraj sudida UEFAning jamoani ikki yilga Evropa Chempionlar ligasidan chetlatish qarorini bekor qilishga erishgan edi.  

Tecno

UEFA qarorining bekor qilinishiga nisbatan “Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino istehzo bilan fikr bildirib, vaziyatni sharmandali deb, tanqid ostiga olgandi.

- Biz keyingi mavsumda Chempionlar ligasida o‘ynaymiz, chunki hammasini to‘g‘ri qilganmiz. Agar biror xatoga yo‘l qo‘yganimizda UEFA qarorini qabul qilardik. Qator kuchli klublar biz Chempionlar ligasiga qaytganimizdan bezovta bo‘lganini ham bilaman. UEFA qarorini sharmandali, deb hisoblagan ayrim odamlar bizdan uzr so‘rashi kerak, - dedi Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!