
Gvardiola: Navbatdagi 3 ochko “Liverpul”ga bosim o‘tkazadi
“Manchester Siti” jamoasi bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Vulverxempton”ga qarshi (3:0) kechgan APL 22-tur o‘yinidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bir necha bor bir kishi kam qolgan jamoaga qarshi o‘ynaganmiz, ammo ko‘p o‘yinlar o‘tkazdik, charchoq alomatlari bor. Shu sababli agressiv harakat qilishimiz lozim edi. Qo‘lga kiritilgan navbatdagi 3 ochko “Liverpul”ga bosim o‘tkazadi. Ko‘p jamoalar maydonimizga himoyaviy o‘yin ko‘rsatish uchun keladi va bizga oson bo‘lmaydi. Lekin biz yaxshi o‘ynadik va etakchiga yanada yaqinlashdik”, – dedi ispaniyalik mutaxassis.
“Manchester Siti” APL 22-turidan keyin 53 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Liverpul” 57 ochko bilan turnir javalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar