Gvardiola Xoland uchun eng zo‘r o‘yinchilarini “qurbon” qiladi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozda o‘z jamoasida Erling Xolandni ko‘rmoqchi. Ispaniyalik mutaxassis qimmat transferni amalga oshirish uchun hozirgi tarkib yulduzlaridan voz kechishga tayyor.
Avval “shaharliklar” norvegiyalik to‘purar transferiga mablag‘ jamg‘arish uchun Gabriel Jezusni sotib yubormoqchi edi. Endi Gvardiola braziliyalik hujumchini olib qolib, Riyad Mahrez bilan xayrlashishga qaror qilganini aytmoqda.
Jazoirlik futbolchi jamoa etakchilaridan hisoblanadi. Mahrez bu mavsum barcha turnirlarda 43 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 23 ta gol va to‘qqizta assist rasmiylashtirdi.
Afrikalik o‘yinchining shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakunlanadi. Mahrez 40 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar